Popis: |
Fizika - jonsiz tabiat qonunlari o`rganiladigan asosiy tabiat fanlaridan biridir. Fizikada o`rganiladigan hodisalar doirasini yoki bu fanning shartli chegaralarini aniqlash juda qiyin. Keyingi vaqtda fizikaning plazma fizikasi, elementar zarralar fizikasi, yarimo`tkazgichlar fizikasi, biofizika, qattiq jism fizikasi, geliofizika kabi yangi bo`limlari intensiv rivojlanmoqda. Fizikaning yangi bo`limlarining ochilishi va tadqiqi texnikaning yangi tarmoqlarini vujudga kelishiga olib keladi. Тexnikaviy fanlarning taraqiyoti o`z navbatida fizikada tadqiqot usullarining takomillashishiga yordam beradi: masalan, zaryadli zarralarni qudratli tezlatgichlarini texnikaning yuqori darajasi tufayligina yaratish mumkin bo`ldi. |