Popis: |
Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshirishning tartibi, qonunchilik tahlili, amaliyotdagi holat yuzasidan ilmiy-nazariy munosabat bildirilgan. O’zbekiston Respublikasida kriptoaktivlar borasidagi qonun hujjatlarining amaliyotga ta’siri borasida farazlar bayon etilgan. Ushbu sohadagi qonunchilikning vujudga kelish bosqichlari tahlil qilingan. Kriptovalyutalarning aylanmasi o’rganilib, ular bilan bog’liq bitimlar tuzish va operatsiyalarni amalga oshirish asoslari bayon etilgan. Shuningdek, ushbu maqolada kripto-birjalar faoliyatining huquqiy asoslari keltirib o’tilgan. Kripto-birjalarni litsenziyalash tartibi, litsenziya talablari va uning qonuniy asoslari ta’riflangan. Kripto-aktivlardan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʼin qurolini tarqatishni moliyalashtirish sohasida foydalanish ehtimoliga alohida e’tibor qaratilgan. |