ZAMIKULKAS ZAMIIFOLIA (ZAMIOCULCAS ZAMIIFOLIA (G.LODD.) O'SIMLIGINING SISTEMATIKASI VA BIOEKOLOGIK KO'RSATKICHLARI

Autor: Xolmurotov Mansur Zaripbayevich, Xolmurotov Sherxon Abduxalil O'gli
Rok vydání: 2022
Předmět:
DOI: 10.5281/zenodo.7193621
Popis: Maqolada Zamikulkas zamiifolia (Zamioculcas zamiifolia (G.Lodd.) o‘simligining bioekologiyasi, tarqalish areallari, tabiiy tarqalgan mintaqalari, sistematikasi, introduksiya ko‘rsatkichlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar keltirib o‘tilgan. Zamikulkas zamiifolia (Zamioculcas zamiifolia (G.Lodd.) o‘simligi tabiiy holda asosan tropik mintaqalarda tarqalgan bo‘lib XX asrning so‘ngi yillaridan boshlab manzarali belgilari yuqoriligi sababli keng miqyosda introduksiya qilina boshlagan. Xalqaro ma‘lumotlarga ko‘ra o‘simlik Keniya, KvaZulu-Natal, Malavi, Mozambik, Tanzaniya, Zimbabve davlatlarida o‘sishi aniqlandi. O‘zbekistonda xona o‘simligi sifatida ekib o‘stiriladi. Xona sharoitida barglari manzarali, kam hollarda gullaydi. Xalqaro ilmiy manbalarda keltirilishicha introduksiya 2000-yillardan keyin jadal suratlar bilan oshgan.
Databáze: OpenAIRE