O'RTA ASRLAR DAVRI KONSTITUTSIYASI. ADOLAT VA QUDRAT TIMSOLI AMIR TEMURNING 'TEMUR TUZUKLARI' ASARI

Autor: Obidjonova R.
Jazyk: uzbečtina
Rok vydání: 2023
Předmět:
DOI: 10.5281/zenodo.7703328
Popis: Annonatsiya; Har bir tananing o‘z boshi bo‘lganidek, davlatning ham boshi, ya’ni asosiy qonuni mavjuddir. Ushbu asosiy qonun orqali davlatning hukmronligi mustahkamlanib, inson mafaatlari har narsadan ustunligi mustahkamlansa, bu davlat haqiqatda ham hayotiy, insonparvar va mustahkam davlat bo‘lib qolishi hech gap emas. Davlatlarning asosiy qonuni bo‘lgan Konstitutsiya inson manfaatlarini hamisha ustun qo‘yishi shrt va zarurdir. Konstitutsiya tushunchasi yaqin asrlarda kirib kelgan bo‘lsada, ushbu tushuncha ma’nosi O‘rta asrlarda tuzuk deb berilgan tushunchaning xuddi o‘zginasi ekanligining guvohi bo‘lamiz. Demak bizdan oldin ham qonunlar bor ekan, biz o‘sha qonunlar asosida o‘z Konstitutsiyamiznin ishlab chiqqan ekanmiz. Amir Temurninh ushbu asari ham o‘rta asrlarda ham hozirgi asrimizda adolatli va ishonchli manba vazifasini o‘tab kelmoqda. Milliy davlatchiligimizning asosiy va bosh qomusi bo’lgan Konstitutsiyamiz bizning asosiy qonunimizdir. Chunki ushbu qonun asosida har bir shaxsning hayoti, erkinliklari, demokratik davlatda daxlsiz yashashi mustahkamlab qo’yilgan. Ushbu qonunimizning tag ma’nosida hayotda kerak bo’lgan tizimli va haqqoniy adolatparvarlik timsoli yotadi. Bu qonunlarning tubida esa ota-bobolarimizdan qolgan ayrim mashvarat-u qoidalar ham mavjud. Turkiy o’zbek davlatchiligimizning tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ilk o’rta asrlarda Amir Temur tomonidan chiqarilgan qonun va mashvaratlar ham ilk Konstitutsiya vazifasini o’tagan. Amir Temurning bizga meros qilib qoldirgan “Tuzuk”lari nafaqat davlat ishlarida, qonunlarni tartibga solishda, balkim, hayotiy adolatlarni joriy qilishda ham qo’l kelib, bizning hayot tarzimizni tartibga solishda ham yordam berib kelmoqda, desak adashmagan bo’lamiz. “Bugungi murakkab va tahlikali davrda bu kitobni qayta-qayta mutolaa qilish, uning mag‘zini chaqish birinchi galda rahbar, yetakchi bo‘lishdek mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgan odamlar uchun, qolaversa, har qaysi ziyoli inson uchun bag‘oyat foydali ekani haqida ortiqcha gapirib o‘tirishga hojat yo‘q, deb o‘ylayman. Ishonchim komilki, yoshlarimiz bu kitobni mehr qo‘yib, tushunib, chuqur anglab o‘qisa, ularning qalbida milliy g‘urur tuyg‘usi yuksaladi, o‘zining qanday buyuk zotlarning avlodi ekanini yanada chuqurroq his etib, hayotning har qanday sinov va qiyinchiliklarini yengishga qodir insonlar bo‘lib voyaga yetadi.” “ISLOM KARIMOV&rdquo
Databáze: OpenAIRE