Popis: |
Ushbu tezis xoriy tilni o‘rgatishda kompetensiya, nutq faoliyati, ko‘nikma, malaka kabi atamalarining bir biridan farqlanishi va kommunikativ kompetensiyaning bir turi bo‘lgan yozuv kompetensiya tushunchasi talqiniga bag‘ishlangan.Tezisning maqsadiga ko‘ra oliy ta’limda mutaxassis talabalarning yozuv kompetensiyasini lisoniy va lingvodidaktik jihatlarini nazarda tutgan holda til materiallari bilan birgalikda rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari, filologik yo‘nalishdagi talabalarning yozma nutqini shakllantirishda duch keladigan qiyinchiliklar va kamchiliklar haqida qisqacha so‘z yuritilgan va mavjud bo‘lgan muammolarni bartaraf etishda autentik materialning kategoriyalaridan biri bo‘lgan autentik audio vizual va autentik yozma materiallardan samarali foydalanishning ahamiyati va autentik matnlar tilni mukammal o‘rganishda motivatsion omil bo‘lib xizmat qilishi haqida ma’lumotlar berilgan. |