Popis: |
Xalq, millat, qavm va urugʻ, qabila nomlari etnonim hisoblanadi. Etnonimlar har bir davrda ma’lum bir hududda yashab kelayotgan etnik guruhlar haqida ma’lumot beruvchi lisoniy birlik sanaladi. Etnotoponimlar esa elat va qavmlar yashab kelgan o‘rinlar, hududlarni muayyanlashtirish va aniqlashga xizmat qiladi. Shuning uchun etnoponimlarni to‘plash, tadqiq etish nafaqat tilshunoslik, tarix, etnografiya, arxeologiya, geografiya sohalari uchun qimmatli ma’lumotlar beribgina qolmay, madaniyat va ma’naviyatimizning turli yo‘nalishlari doirasida keng qamrovli izlanishlar olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. |