Popis: |
Mazkur maqolada jinoyat huquqiga oid ayrim normalarning mazmun mohiyati tahlil qilingan bo‘lib, unda rag’batlantiruvchi normalarni alohida ajratgan holda qiyosiy-huquqiy izohlash qilish yo‘li bilan ilmiy-nazariy xulosalar asosida ilmiy qarashlar aks ettirilgan. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida aks ettirilgan rag’batlantiruvchi normalarni shakllari, imperativ harakterga egaligi, sud-tergov amaliyotida undan foydalanishga doir qoidalar o‘rganilgan. Shuningdek, mazkur tadqiqot ishi doirasida ilmiy munozaralarni olib borgan xorijiy olimlar bilan polemikaga kirishilgan holda, muallif o‘zining mustaqil qarashlari bilan o‘zining izlanishi natijasida tadqiq etilgan qoidalarni ilgari surgan. |