Popis: |
Fizialogik tajribalarning ko’rsatishicha, g‘o‘za o‘suv davrining turli paytlarida oziq moddalarni xar xil me’yorda istemol qiladi. O‘simliklarning bu ta’labini yaxshi bilish va unga o‘suv davrida qulay oziqlanish sharoitini yaratib berish miqdor va sifat jixatidan paxta xosiliga malum darajada tasir ko’rsatish imkonini beradi. O‘simlik tanasiga oziq moddalarning shimilishi unda biologik massaning to‘planish darajasiga bog‘liq. G‘o‘za nixollari unib chiqqanidan so‘ng yoppasiga shonalash davrigacha solinadigan azot va fosforning atigi 8-10 % ini kaliyning esa undan xam kamrog‘ini o‘zlashtiradi. Bu oziq moddalarni eng ko‘p talab qiladigan davri gullash va ko‘saklarning pisha boshlash, yani Go‘z‘aning eng jadal o‘sadigan paytiga to‘g‘ri keladi. Agroximyaga oid adabiyotlarda tarkibida azot bilan fosfor bo‘lgan o‘g‘it qotishmalari ammofos yoki nitrofos deb ataladi. Ammofos tipidagi o‘g‘it oddiy ravishda pretsipitatni mochevina yoki amiakli selitra bilan aralashtirilib tayorlash mumkun. Bunday o‘g‘itlar zavodlarda xam ishlab chiqariladi. Unga kaliy qo‘shiladigan bo‘lsa nitrofoska deb ataladi. Nitrofos va nitrafoska tarkibidagi azot, fosfor va kaliy miqdori xar xil bo‘lishi mumkun, odatda bunday o‘g‘itlar yuqori konsetratsiyali bo‘ladi. Go‘z‘aning o‘sish va rivojlanishi uchun ko‘p miqdorda o‘zlashtiriladigan asosiy o‘g‘itlardan tashqari kam istemol qiladigan oziq moddalar xam kerak bo‘ladi. Ular mikroelementlar deb ataladi. Xozirgi paytda go‘z‘aning me’yorda rivojlanishi uchun bor, rux, mis, molibden, marganes, kabi mikroo‘g‘itlar zarurligi aniqlangan. Go‘z‘aning oziqlanishida bu moddalarning yetishmasligi natijasida modda almashinuvi buziladi, xosil elementlari kam paydo bo‘ladi va malum miqdorda to‘kilib ketadi. Bu xol xosilni kamayib ketishiga, tola va chigit sifati pasayishiga sabab bo‘ladi. |