Popis: |
Ushbu maqolada shifoxonadan tashqari ikki tomonlama interstitsial pnevmoniya kasalligining yosh va jinslar kesimida tarqalish chastotasi, uning inson salomatligiga yetkazadigan jiddiy zararlari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek kasallik patogenezida muhim rol oʻynovchi giperkoagulyatsiya holati, uning mohiyati, giperkoagulyatsiya holatining shakllanishida qon ivish tizimida kelib chiqadigan oʻzgarishlar yoshlar kesimida tahlil qilingan. Koagulyatsion tizim parametrlarining tashxis qoʻyishda va davo samaradorligini baholashda tutgan oʻrni keltirilgan. |