O'zbekistonning umumta'lim maktablarida geometriyani o'qitishda yangi kreativ yondashuv

Autor: Mavjuda Sabirova
Rok vydání: 2021
Předmět:
Zdroj: Общество и инновации. 2:214-221
ISSN: 2181-1415
DOI: 10.47689/2181-1415-vol2-iss2-pp214-221
Popis: So'nggi yillarda geometrik g'oyalarga bo'lgan qiziqishning tobora ortib borayotgani matematikada va boshqa fan sohalarida yangicha yondashishlardan kelib chiqmoqda. Haqiqiy dunyoda yashashimiz muhim va haqiqiy dunyo geometriyadan tuzilgan. Geometriyaning ikki tomonlama tabiati, ham nazariy yo'nalish, ham amaliy tajriba maydoni sifatida matematika o'qituvchilariga nazariyani o'z o'quvchilarining kundalik bilimlari bilan bog'lashga imkon beradi. Geometriya rivojlanib, har xil vizual hodisalarni qamrab oladigan bo'lsa, geometrik fikrlash nima ekanligini, vizual hodisalarda paydo bo'ladigan matematik muammolarni qanday echishini va bu fikrlash qanday rivojlanib borishini tushunish muhimdir. Ushbu maqolaning maqsadi butun dunyo tan olgan geometriyadagi fikrlashning nazariy modeli - van Xile (D. van Hiele, P. van Hiele) uslubi orqali O’zbekiston maktablarida geometrik fikrlashning ijodiy rivojlanishini tasvirlash va tushunish uchun foydali tuzilmalar sifatida qo’llash e’tirof etilgan.
Databáze: OpenAIRE